Rektor stipendiyasi sohibasi - Jo‘raqulova Yulduz Shokirovna

Jo‘raqulova Yulduz Shokirovna - 1989-yil Samarqand viloyati Siyob tumanida tug‘ilgan. Termiz shahridagi 9-sonli umum taʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Yulduz tabiatan juda faol va iqtidorli bo‘lgan. Maktab davridan rus va ingliz tillarini o‘rganishga qiziqishi baland bo‘lgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
· 2024-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag'ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli diplom bilan taqdirlangan;
· Ko‘plab ilmiy maqolalari mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;
· Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;
· Universitet miqyosida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishining 3-bosqichda tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.