Professor Abdinazar Nurmanov TISU talabalariga dars oʻtdi

Professor Abdinazar Nurmanov talabalarga "Rus tili tarixi" mavzusida ma’ruza o‘qib berdi. Ma’ruza davomida u rus tilining shakllanish bosqichlari, tarixiy taraqqiyot jarayonlari, leksik va grammatik o‘zgarishlar haqida ilmiy asoslangan fikrlar bildirdi. Talabalar mazkur mavzu bo’yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash, tarixiy til qatlamlarini chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida talabalar mehmonga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va jonli muloqot shaklida fikr almashdilar.