Talabalar bilan profilaktik suhbat

Talabalar bilan profilaktik suhbat

  • 16.05.2025
  • 44
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda Termiz shahar Adliya bo‘limi xodimi Muzaffar Hasanov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat o‘tkazdi.

 

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida uchrab turadigan huquqbuzarlik holatlari, ularning oqibatlari, shuningdek, qonunlarni bilish va ularga rioya qilishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Muzaffar Hasanov o‘z nutqida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish va qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratdi.

 

Shuningdek, suhbat chog‘ida fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatadigan advice.uz platformasi haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu platforma orqali istalgan fuqaro mutaxassislar tomonidan onlayn tarzda huquqiy maslahat olishi mumkinligi ta’kidlandi.