“Zakovat” intellektual o‘yini uchun saralash bosqichi

“Zakovat” intellektual o‘yini uchun saralash bosqichi

  • 15.05.2025
  • 78
Blog Image

Saralash jarayonida universitetning turli fakultetlaridan iqtidorli va bilimdon talabalar ishtirok etishdi. Ular o‘zlarining tezkor fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish va jamoaviy ishlash bo‘yicha qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Savollar turli yo‘nalishlarda — tarix, adabiyot, fan-texnika, zamonaviy dunyo va mantiqiy topqiriqlardan iborat bo‘ldi.

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar universitet talabalar terma jamoasiga qabul qilindi:

 

1-o‘rin — Ismoilov Adham;


2-o‘rin — Madaminov Otabek;


3-o‘rin — Eshpo‘latova Kamola;


4-o‘rin — Toshboyev Asliddin;


5-o‘rin — Haydarov Shaxriyor.

 

G‘olib bo‘lgan talabalar tantanali tarzda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.