“President Tech Award” tanlovi bo‘yicha taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi

“President Tech Award” tanlovi bo‘yicha taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • 14.05.2025
  • 105
Blog Image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar uchun maxsus taqdimot tadbiri tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirda Startaplar va venchur investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bosh menejer Musobek Tursunov ishtirok etdi hamda tanlovning asosiy maqsadi, yo‘nalishlari va ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumot berdi. U shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan innovatsion IT g‘oyalarining dolzarbligi, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari hamda muvaffaqiyatli startaplarni moliyalashtirish imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Taqdimot yakunida talabalar tomonidan qator savollar berildi va startap loyihalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar olindi.