Rektor stipendiyasi sohibi - Abdurashidov Kamolbek Shuhratovich

Abdurashidov Kamolbek Shuhratovich - 2005-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz shahridagi 1-sonli umum ta’lim maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan. Kamolbek maktab davridan jang san'ati, psixologiya, fiziologiya, dietologiya, astronomiya, musiqa, falsafa, pedagogika, dermotologiya, qo'shiq kuylash, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishi baland bo‘lgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
· ICMSEAS International Congress on Multidisciplinary Studies in Education and Applied Sciences Hosted from Madrid, Spain https://intconf.online 25.02.2025 “Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim, sanoat va ishlab chiqarishda tutgan o’rni” nomli maqolasi bilan ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan;
· “Biz zo’ravonlikga qarshimiz” mavzusidagi tadbirida boshlovchilik qilgan va tashakkurnoma bilan taqdirlangan;
· “1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda boshlovchilik qilgan hamda diplom bilan taqdirlangan;
· Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;
· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
· Universitet miqyosida tashkil etilgan tadbir va tanlovlarda faol qatnashib, ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishining 3-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.