Rektor stipendiyasi sohibasi - Hamroyeva Zilola Komiljon qizi

Hamroyeva Zilola Komiljon qizi – 2004-yil Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Jarqo‘rg‘on tumanidagi 25-sonli umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan tirishqoq va intiluvchan Zilola maktab davridan rus va ingliz tillarini o‘rganishga qiziqishi baland bo‘lgan.
Shu kungacha erishgan yutuqlari:
· 2022-yilda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 25-sonli informatikaga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlab, kumush medal bilan taqdirlangan;
· 2023-2024 o‘quv yilida Termiz iqtisodiyot va Servis universiteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabalari tomonidan ‘’Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol’’ deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etgan;
· 2023-2024 o‘quv yilida universitet miqyosida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha shashka yo‘nalishidan faxrli 1-o‘rinni egallagan;
· “Zakovat” intellektual o‘yinining faol ishtirokchisi;
· Ingliz tili fanidan (B2) xalqaro til sertifikatiga ega;
· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
· Ko‘plab ilmiy maqola va tezislari xalqaro nashrlarda chop etilgan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil olmoqda.
2024-2025 o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.