Rektor stipendiyasi sohibasi - Erniyozova Umida Omon qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Erniyozova Umida Omon qizi

  • 13.05.2025
  • 24
Blog Image

Erniyozova Umida Omon qizi – 2004-yil Uzun tumanida tug‘ilgan. Termiz shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan qiziquvchan va tirishqoq bo‘lgan Umida maktab davridan ona tili, adabiyot va xorijiy til fanlarini qiziqish bilan o‘rgangan. Sport musobaqalarida faol qatnashib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “ Talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan 2-an’anviy ilmiy-amaliy konferensiya” sida o‘z maqolasi bilan faol ishtirok etgan;

 

· “Zakovat” intelektual o‘yinining faol ishtirokchisi;

 

 

· Ibrat Academy tomonidan taqdim etilgan Turk tili (B1) darajali sertifikatga ega;

 

 

· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;

 

 

· 4 ta ilmiy maqolasi xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti stomatologiya yo‘nalishining 3-bosqich talabasi.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylangan. Kelgusida shu yurt ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.