Rektor stipendiyasi sohibasi - Husanova Mahliyo Abdunazarovna

Rektor stipendiyasi sohibasi - Husanova Mahliyo Abdunazarovna

  • 12.05.2025
  • 39
Blog Image

Husanova Mahliyo Abdunazarovna – 2005-yil Termiz tumanida tug‘ilgan. Sherobod tumanidagi 2-sonli umum ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Maktab davridan turli fan olimpiadalarida qatnashib faxrli o‘rinlarni egallagan. Shuningdek, huquq, ingliz tili va adabiyot fanlariga qiziqishi yuqori bo‘lgan.

 

Shu kungacha erishgan yutuqlari:

 

· 2022 – yilda Sherobod tumanidagi 2 – sonli umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlab, “Oltin” medal hamda sertifikat bilan taqdirlagan;

 

· 2023-2024 – yilgi o‘quv yilida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tashkil etilgan “Talabalarning an’anaviy 2-amaliy konferensiyasi”da o‘z maqolasi bilan faol ishtirok etgan;

 

· “Zakovat” intellektual o‘yinining faol ishtirokchisi;

 

· Ingliz tili fanidan til sertifikatiga ega;

 

· Umum ta’lim fanlarni bilish darajasidan ona tili fanidan sertifikatga ega;

 

· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusidagi insholar ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan;

 

· 2024-2025 – o‘quv yilida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tashkil etilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallagan;

 

· 2024-2025 – o‘quv yilida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilgan fan olimpiadasining birinchi bosqichida o‘zbek tili va adabiyoti fanidan faxrli II darajali diplom bilan taqdirlangan;

 

· Ko‘plab ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.

 

2024-2025 o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida yurtimizga hizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.