Ijtimoiy hayot

Ijtimoiy hayot

  • 16.06.2025
  • 6
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar hayotini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, madaniy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida Yoshlar ittifoqi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet Yoshlar ittifoqi qoshidagi klublar va fakultetlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda turli xil tadbirlar, musobaqalar, ko‘ngilochar dasturlar va loyihalarni tashkil etib kelmoqda.

Talabalarning bilim va tafakkurini yanada mustahkamlash, ularning tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Zakovat ligasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, adabiyotga bo’lgan qiziqishni oshirish va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi “Mushoira” klubi hamda hazil-mutoyiba va ijodiy chiqishlarga boy bo‘lgan “QVZ” klubi faoliyati talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bundan tashqari, san’at, rassomchilik va qo‘l mehnatiga oid tanlovlar, ilmiy-innovatsion loyihalarga asoslangan fan musobaqalari, turli yo‘nalishlardagi mahorat saboqlari hamda qiziqarli sayohatlar doimiy ravishda tashkil etiladi. Talabalar tashabbuskorligi va ijodkorligini rivojlantirishga xizmat qiladigan bu kabi tadbirlar ularning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamol topishida muhim omil bo‘lmoqda.