TISU delegatsiyasi Indoneziyada

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Indoneziya Pedagogika universitetiga tashrifining birinchi kunida yozgi dastur bilan tanishdilar. Tanishuv davomida professor Eri Kurnizwan va dekan yordamchisi Yanty Wirzalar so‘zga chiqishdi.
Shuningdek, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori A.Sattarov ham so‘zga chiqib, ikkala universitet o‘rtasidagi hamkorlik haqida istiqbolli rejalarni aytib o‘tdi. Dastur tanishtiruvi davomida talabalar o‘zaro fikr almashishdi.