Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 16.06.2025
  • 35
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.

 

Yig‘ilish kun tartibidan bir qator dolzarb masalalar o‘rin oldi. Jumladan:

 

Universitetda Hemis axborot tizimi orqali o‘quv jarayonining holati muhokama qilindi;

2024–2025-o‘quv yilida universitet xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglandi;

Kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimlariga tavsiyalar berish masalasi ko‘rib chiqildi;

Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda ilmiy nashrlar, xususan, monografiyalarni tasdiqlash va nashrga tavsiya etish yuzasidan fikr almashildi;

Universitet tadqiqotchilarining ilmiy dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, universitetning ilmiy unvon olgan o‘qituvchilariga Oliy attestatsiya komissiyasining dotsentlik attestatlari topshirildi. 

 

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha taklif va tavsiyalar eshitilib, tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.