Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishning ilmiy-metodik asoslari

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-yil 15-mart kuni talabalar ishtirokida “Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishning ilmiy-metodik asoslari” ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishning ilmiy-metodik asoslari” to‘g‘risida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.
Seminarda iqtidorli talabalarni doimiy ravishda ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, ularning ilmiy-ijodiy va ilmiy-tadqiqot sohasidagi g‘oya-fikrlarini va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalasiga jiddiy e’tibor bilan yondashish lozimligi haqida so‘z yuritildi.
Seminar savol-javoblar va takliflarga boy bo‘ldi. Tadbirda shuningdek, ilmiy faoliyatda talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy ishlanmalar va izlanishlar natijalarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha fikr almashish imkoniyatlari yaratildi.
Bu seminar universitet talabalarining ilmiy ishlarni amalga oshirishga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.