Abdulla Mengqobilov bilan uchrashuv

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-yi 25-kuni Xalqaro adabiyot, san'at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi prezidenti, Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi raisi Abdulla Mengqobilov (Abdulla Vaxsh) boshchiligidagi shoirlar bilan ijodiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirning asosiy qismida talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmonlar o‘zlarining hayot yo‘llaridan misollar keltirgan holda yoshlarimizni ilmi-ma’rifatli va ona vatanga muhabbatli insonlar bo‘lishga chorlab, ijodlaridan namunalar taqdim etdilar.