“Men stipendiat bo‘laman” mavzusida seminar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yil 10-yanvar kuni “Men stipendiat bo‘laman” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida Rektor stipendiyasi hamda nomli Davlat stipendiyalari Nizomi, stipendiyalarni olish uchun zarur bo‘lgan malakalar, imtiyozlar, hujjatlar, talablar va boshqa muhim jihatlar muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilar o‘z salohiyatini qanday namoyon etish va ilmiy hamda ijtimoiy faoliyatda qanday muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqida foydali ma’lumotlar olishdi. Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan seminarda talabalarning savollari, fikrlari tinglanib, yetarlicha javoblar berildi.
Shuningdek, seminarda talabalarga stipendiyani faqat moliyaviy yordam sifatida emas, balki ilmiy va ijtimoiy sohalarda faol ishtirok etishda katta ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi. Seminar talabalarga o‘z kelajagi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga yordam beradigan muhim jarayonlardan biri bo‘ldi.