Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti

  • 26.11.2025
  • 1254
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti bugungi kunga kelib nafaqat ta’lim sifati, balki ilmiy salohiyati, xalqaro aloqalari va talabalar muvaffaqiyatlari bilan ham universitet taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shayotgan yirik bo‘linmalardan biriga aylandi. Fakultet jamoasi qisqa vaqt ichida yirik natijalarga erishib, ta’lim jarayonining yanada takomillashuviga sabab bo‘lmoqda.

 

Professor-o‘qituvchilar salohiyati: barqaror o‘sish yo‘lida

Fakultetda 121 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ulardan 6 nafari fan doktori, 60 nafari PhD ilmiy darajasiga ega. Bu ko‘rsatkich fakultetning ilmiy salohiyatini 52 foizga yetkazgan bo‘lib, bu respublika oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori natijalardan biri hisoblanadi.

 

Fakultet pedagoglari nafaqat respublika, balki xalqaro maydonda ham muntazam malakasini oshirib bormoqda. So‘nggi yillarda 20 nafardan ortiq o‘qituvchi Turkiya, Chexiya, Indoneziya kabi davlatlarning nufuzli oliygohlari va ilmiy markazlarida malaka oshirib qaytdi. Bu esa ta’lim jarayonining zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.

 

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti universitetning eng yirik fakultetlaridan biri bo‘lib, unda:

6 mingdan ortiq talaba kunduzgi ta’limda,

11 ming nafar talaba esa sirtqi ta’lim shaklida turli yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Ta’lim yo‘nalishlarining ko‘pligi va sifatli pedagoglar tarkibi fakultetga bo‘lgan qiziqishning ortishini ta’minlamoqda.

 

Xalqaro va respublika miqyosida tan olingan iqtidorlar

 

Fakultetning 30 nafar talabasi xalqaro fan olimpiadalari, respublika tanlovlari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi turli musobaqalarda yuksak natijalarga erishib kelmoqda.

2025-yilda fakultetning “Matonat” jamoasi “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovida hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ham faol ishtirok etdi.

 

Shuningdek, fakultetda o‘qiyotgan yoshlar orasida:

  • Osiyo chempionlari,
  • Respublika sport ustalari,
  • “Navoiy” va “Bobur” nomli davlat stipendiyalari sohiblari

mavjud bo‘lib, bu fakultetning nafaqat ilm, balki sport va ma’naviy sohada ham yetuk yoshlarni tarbiyalab kelayotganini ko‘rsatadi.

Fakultet talabalaridan 100 nafardan ortig‘i “Rektor stipendiyasi” bilan taqdirlangan. Bu esa iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishning samaradorligini yanada oshirmoqda.

 

Fakultet ilmiy salohiyatining yuksalishi o‘qituvchilar tomonidan yaratilayotgan ilmiy mahsulotlarda ham yaqqol ko‘rinmoqda. Jumladan:

  • 30 dan ortiq darslik,
  • 50 dan ortiq o‘quv qo‘llanma,
  • xalqaro nashriyotlarda chop etilgan 30 dan ortiq ilmiy maqola fakultet ilmiy maktabining yuksak rivojlanayotganini tasdiqlaydi.

 

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti respublika va xalqaro akademik maydonlarda ham faol ishtirok etmoqda. Fakultet:

  • 2 ta xalqaro,
  • 2 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarning tashabbuskori va tashkilotchisi hisoblanadi. Bu tadbirlar orqali fakultet ilmiy almashinuv, yangi g‘oyalar va zamonaviy ilmiy yondashuvlar uchun mustahkam platforma yaratib kelmoqda.

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Fakultet ta’lim bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga ham katta e’tibor qaratadi. Shu kungacha:

500 ga yaqin ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan.

Bu tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy g‘urur, vatanparvarlik, intellektual salohiyat va ijtimoiy faollikni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti qisqa muddat ichida ta’lim, ilm-fan, ma’naviyat va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida katta yutuqlarga erishdi. Bugun fakultet nafaqat malakali pedagoglarni, balki barkamol, vatanparvar, ijtimoiy jihatdan faol yoshlarni tarbiyalashda ham muhim o‘ringa ega.

 

Fakultet jamoasi o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar — ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Bu esa kelgusida fakultetni yanada kengroq imkoniyatlar sari yetaklaydi.

 

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

 

  1. Pedagogika va texnologik ta'lim kafedrasi
  2. Ijtimoiy fanlar kafedrasi
  3. Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi
  4. Ingliz filologiyasi kafedrasi
  5. Rus tili va adabiyoti kafedrasi
  6. Tarix kafedrasi
  7. Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi
  8. Boshlang'ich ta'lim medtodikasi kafedrasi
  9. O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi
  10. Jismoniy madaniyat kafedrasi

 

Haftalik top yangiliklar

Qabul davom etmoqda
  • 15-07-2026
Xalqaro hamkorlik aloqalari
  • 17-07-2026