Termiz iqtisodiyot va servis universiteti INTEAS xalqaro tashkiloti akkreditatsiyasidan oʻtdi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti INTEAS xalqaro tashkiloti akkreditatsiyasidan oʻtdi

  • 18.06.2025
  • 4
Blog Image

INTEAS (International Education Accreditation Services) -  xalqaro akkreditatsiya tashkiloti boʻlib, oliy taʼlim muassasalarining sifat standartlarini baholash va ularni xalqaro miqyosda tan olish uchun akkreditatsiyadan oʻtkazadi. 

INTEAS akkreditatsiyasidan oʻtishning universitet uchun afzalliklari:

  • Xalqaro tan olinish – Akkreditatsiyadan oʻtgan universitetlar dunyo boʻylab talabalar, hamkorlar va ish beruvchilar tomonidan ishonchli hisoblanadi;
  • Taʼlim sifatining kafolati – INTEAS standartlari universitetning oʻquv dasturlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi va infrastrukturasini yuqori darajada ushlab turishini taʼminlaydi;
  • Talabalar uchun imkoniyatlar – Akkreditatsiyalangan universitetlarning bitiruvchilari chet el universitetlarida oʻqish yoki ishlashda afzalliklarga ega boʻlishadi.
  • Raqobatbardoshlilik – Boshqa xalqaro akkreditatsiyalangan universitetlar bilan hamkorlik qilish imkoniyati yaxshilanadi;
  • Moliyaviy va marketing foydasi – Akkreditatsiya universitetga yangi talabalar va xalqaro grantlar jalb qilishda yordam beradi.