“Korrupsiya - jamiyat tanasidagi saraton!”

“Korrupsiya - jamiyat tanasidagi saraton!”

  • 16.06.2025
  • 1
Blog Image

Korrupsiyaga qarshi kurashishni targ‘ib qilish va jamiyatdagi korrupsiyaning salbiy oqibatlari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari o‘rtasida “Korrupsiya - jamiyat tanasidagi saraton!” mavzusida videoroliklar tanlovi bo‘lib o‘tadi.


Mazkur ko‘rik-tanlovda barcha fakultet talabalari (kunduzgi, sirtqi va magistratura) ishtirok etishlari mumkin.


Yuboriladigan videoroliklarda adolat, halollik va koruppsiya illatining salbiy oqibatlari aks etishi kerak.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar 2025-yilning 1-aprel sanasi soat 23:59 ga qadar quyidagi havolada qabul qilinadi.

Tanlov videorolik (http://t.me/crvvI)   

Videoroliklar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

- Mavzuning to‘liq yoritilishi -25 ball;
- Kreativlik – 25 ball;
- Kadrlar sifatliligi - 25 ball;
- Emotsional ta’sir va motivatsiya – 25 ball.

G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - 5 million so‘m 
2-o‘rin - 4 million so‘m 
3-o‘rin - 3 million so‘m

Bor iste’dod va mahoratingizni ishga solib, tanlovda faol qatnashing va g‘oliblikni qo‘lga kiriting.