Yoshlar giyohvandlikka qarshi qat’iy pozitsiyasini namoyon etdi
Termiz shahrida o‘tkazilgan "Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz" respublika ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi va o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur tanlovning respublika bosqichida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etib, to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar o‘zlarining ijodiy salohiyati, iqtidori va faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti homiyligida g‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
1-o‘rin — Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Turun" jamoasi (200 million so‘m).
2-o‘rin — Nukus davlat pedagogika institutining "Nur" jamoasi (150 million so‘m).
3-o‘rin — Buxoro davlat universitetining "Umid" hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining "Iqtisodchilar" jamoalari (har biriga 100 million so‘mdan).
Shuningdek, tanlov doirasida "Eng yaxshi insho", "Eng yaxshi rasm", "Eng yaxshi videorolik", "Eng yaxshi ayol roli" va "Eng yaxshi erkak roli" nominatsiyalari bo‘yicha ham faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi. Respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalarga tashakkurnomalar va kitoblar jamlanmalari topshirildi.
Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.




