TISU hamda Indoneziya Pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

TISU hamda Indoneziya Pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • 20.06.2025
  • 13
Blog Image

 Mazkur rasmiy tadbirda Indoneziya Pedagogika universiteti rektori professor, doktor Didi Sukyadi, Til va adabiyot fakulteti dekani professor, doktor Tri Indri Hardini, TISU rektori doktor A. Sattarov hamda universitetning xalqaro bo‘limi yetakchi mutaxassisi  J. Shaturayevlar ishtirok etishdi.

Memorandum doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik kelishib olindi:

  •  Til va adabiyot, lingvistika yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturini 2025–2026 o‘quv yilida yo‘lga qo‘yish;
  •   Indoneziya Pedagogika universiteti va TISU talabalari uchun yozgi maktab (summer school) doirasida muntazam ravishda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
  •  Talabalar ishtirokida startap loyihalarni birgalikda amalga oshirish;
  • Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni spinoff korxonalar orqali tijoratlashtirish;
  •  "Indonesian Journal of Applied Linguistics" (Q2) jurnalida xorijiy tillar va lingvistika yo‘nalishida ilmiy maqolalarni chop etish;
  •   UPI Press nashriyotida TISU olimlarining ilmiy ishlanmalarini, monografiyalar va boshqa ilmiy asarlarni chop etish;
  •   Ilmiy, amaliy va fundamental loyihalar sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish.

Shuningdek, ikki tomon vakillari nafaqat ilmiy va akademik sohalarda, balki ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, tarixiy va madaniy merosni o‘rganish masalalarida ham yaqin hamkorlik qilishga kelishib oldilar.