TISU talabalari kibersport o‘yinlarida g‘olib

TISU talabalari kibersport o‘yinlarida g‘olib

  • 20.06.2025
  • 10
Blog Image

Surxondaryo viloyati oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talabalar kibersport o‘yinlari Farg‘ona 2025” musobaqasining CS:GO 2 yo‘nalishi bo‘yicha hududiy bosqichi yakuniga yetdi.

Musobaqada viloyatdagi turli oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti (TISU) jamoasi yuqori natijalar ko‘rsatib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Endilikda TISU kibersport jamoasi "Talabalar kibersport o‘yinlari Farg‘ona 2025" musobaqasining respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini munosib himoya qiladi.

G‘olib jamoani samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi bosqichda ham yuksak zafarlar tilaymiz!