Turkiyalik delegatsiya vakillari bilan davra suhbati tashkil etildi

Turkiyalik delegatsiya vakillari bilan davra suhbati tashkil etildi

  • 03.06.2025
  • 71
Blog Image

Tashrif doirasida Istanbul universiteti delegatsiyasi Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Iqtisodiyot hamda Axborot texnologiyalari fakultetlari professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Suhbat davomida tegishli fakultetlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni o‘quv dasturlariga integratsiya qilish, shuningdek, turli qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, universitet qoshidagi Til markazida turk tili tinglovchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Istanbul universiteti vakillari bilan birgalikda markazda turk tilini o‘qitishni yanada rivojlantirish, malakali o‘qituvchilarni Turkiyadan jalb etish, shuningdek, tinglovchilar va talabalar uchun Istanbul universitetida ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirish borasida fikr almashildi.

 

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro ishonchli va samarali hamkorlikning navbatdagi bosqichiga asos bo‘lishi kutilmoqda.