"Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi Renessansgacha"

"Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi Renessansgacha"

  • 22.05.2025
  • 366
Blog Image

Buxoro shahrida 21–22 may kunlari nufuzli xalqaro ilmiy-intellektual tadbir — Tibbiyot oliygohlari o‘rtasida tashkil etilgan “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi Renessansgacha” nomli V-Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiada tibbiyot sohasi bo‘yicha xalqaro darajadagi bilimlar bellashuvi sifatida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.

 

Mazkur olimpiadada O‘zbekistonning barcha yetakchi tibbiyot oliygohlari bilan bir qatorda, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan talabalar ham faol ishtirok etdilar.

 

Ushbu xalqaro miqyosdagi bellashuvda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakultetining iqtidorli 10 nafar  talabasi olimpiada doirasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, barchasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.