Fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quchilari o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur olimpiada matematika, ingliz tili, rus tili, o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, kimyo va biologiya hamda informatika fanlari bo‘yicha test sinovi shaklida tashkil etildi. Bellashuvda tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan iqtidorli bitiruvchilar ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘qishni 50 foizlik grant asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.
Viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar universitetda 100 foizlik grant asosida ta’lim olish huquqini qo‘lga kiritadi.
Shuningdek, viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning o‘qituvchilari ham universitet tomonidan maxsus pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.