“TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha OAK tavsiya etgan ilmiy nashrlar qatorida

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ilmiy nashri bo‘lgan “TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha asosiy ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.
Ushbu e’tirof jurnalning ilmiy va tahririy salohiyati, tadqiqotlar mazmunan boylig bilan bog‘liqdir. Jurnalda iqtisodiyot, moliya, menejment, marketing kabi sohalarda zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalari, tahlillar chop etib boriladi.
Bu TISU jamoasi uchun katta yutuq hisoblanadi. Shu bilan birga, jurnal doirasida tadqiqotchilar uchun ilmiy maqolalar chop etish imkoniyatlari kengayib, dissertatsiya ishlarini yuritishda muhim platforma sifatida xizmat qiladi.