TISUda navbatdagi Kengash yig'ilishi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida universitet faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar ko‘rib chiqildi:
2025-2026-o‘quv yilida Iqtisodiyot va axborot texnlogiyalari fakultetida amaliyotlarning tashkil etilganlik holati: Talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlarni takomillashtirish va ularni sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
2025-2026-o‘quv yili uchun Universitet bakalavtiat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida: universitetda 25 ta bakalavr yo‘nalishi va 13 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni qabul qilish belgilangan. 2025-2026-o‘quv yili qabulini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi, qabul jarayonini adolatli, shaffof o‘tishini taʼminlash maqsadida iqtidorli, faol talaba-yoshlar va jamoat kengashining aʼzolaridan iborat ishchi guruh va qabulga doir boshqa tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.
Universitet fan olimpiadasining tuman va viloyat bosqichini o‘tkazish haqida: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida matematika, ingliz tili, rus tili, o‘zbek tiliva adabiyoti, tarix, kimyo va biologiya hamda informatika fanlaridan fan olimpiadasining maktab, tuman va viloyat bosqichlarini o'tkazish sanalari belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida mas'ullarga qo‘shimcha topshiriqlar berilib, universitetning barqaror rivojlanishi uchun muhim qarorlar tasdiqlandi. Ushbu qarorlar universitetning ta'lim sifati, ilmiy salohiyati va talabalarning kasbiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.