TISU “Voha ligasi”ning g‘olibi!

TISU “Voha ligasi”ning g‘olibi!

  • 29.03.2025
  • 257
Blog Image

O‘zbekiston quvnoqlar va zukkolar assotsatsiyasi oliy va professional ta’lim muassasalari talaba hamda o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi “Voha ligasi” bahslarining hududiy saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Unda viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalaridan saralangan  jamoalar ishtirok etishdi. 

 

Mazkur ko‘rik-tanlovda jamoalar tomonidan bugungi kunda uchrayotgan turli ijtimoiy muammolar hajviy  sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi. Qiziqarli jarayonlar bilan boyigan bellashuvda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Mega city" jamoasi g’olib bo‘ldi va final bosqichiga yo‘llanmani qo’lga kiritdi!

 

Tanlovning final bosqichida bilimdon talabalarimizga omad tilaymiz!