Ma’rifatparvar ayollarning ibratli yo‘li

Ma’rifatparvar ayollarning ibratli yo‘li

  • 26.03.2025
  • 330
Blog Image

Bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, uy-ro‘zg‘or yumushlari, oilaviy mas’uliyatlar bilan bir qatorda ilm izlab, mehnat qilayotgan opa-singillarimiz, qizlarimiz zamonamiz qahramonlariga aylangan.

 

Ana shunday fidokor, bilimli va ma’rifatparvar ayollarimizdan biri Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakuleteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Mahfuza Boboyeva va talaba-qizlar o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat davomida o‘qituvchining hayot yo‘li, erishgan yutuqlari, bilim olishda uchragan to‘siqlari va hayotida duch kelgan qiyinchiliklariga qaramay, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish yo‘lidagi mashaqqatli mehnati haqida so‘z yuritildi.

 

Tadbir so‘ngida so‘zga chiqqanlar bugungi yosh avlod, ayniqsa, qizlarimiz o‘z oldilariga katta maqsad qo‘yib, ilm-fan yo‘lida izlanishlari, kasb egallab, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari kerakligini alohida ta’kidlashdi.