Korrupsiya - jamiyat tanasidagi saraton

Tadbirda Surxondaryo viloyat prokurori o‘rinbosari Sherzod To‘raqulov, universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Usmonov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
Davra suhbatida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, yoshlar o‘rtasida bu illatga qarshi immunitetni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar korrupsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga keltiradigan zararlarini misollar bilan tushuntirib, bu illatga qarshi kurashish barchaning fuqarolik burchi ekanini ta’kidladilar.