“Zamonaviy rahbar va liderlik”

“Zamonaviy rahbar va liderlik”

  • 24.03.2025
  • 336
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o'rtasida 2025-2027 yillarga moʻljallangan maktab taʼlimi boshqaruv sohalaridagi hamkorlik toʻg'risida memorandumga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim rahbarlari va pedagog-xodimlari uchun universitetda malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

 

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasiga qarashli maktab direktorlarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan “Zamonaviy rahbar va liderlik” mavzusidagi malaka oshirish kurslariga Denov, Muzrabot va Sherobod tumanlaridan jami 245 nafar maktab direktorlari tashrif buyurishdi.

 

Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan viloyatdagi umum taʼlim maktablari direktorlariga  “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida me'yoriy hujjatlarni yuritish holatlari to‘g‘risida”, “Rahbarlik uslublari”, “Pedagogik muloqotda muomala madaniyati” va shu kabi qator fanlardan ma’ruzalar o’tiladi.