Milliy taomlar ko‘rgazmasi namoyishi

Navro‘z bayrami munosabati bilan universitetda kafedralar tomonidan tayyorlangan milliy taomlarga boy dasturxon bezatilib, hakamlar hayʼati tomonidan baholanmoqda. Ko‘k somsa-yu ko‘k chuchvara, sumalak, halim, osh kabi milliy taomlarimiz jamoalar tuzagan dasturxonning ko‘rki bo‘lib turibdi. Ishtirokchilar har bir taomning ta'rifini aytib, ularning qadim tarixi haqida ma'lumot berib o‘tishmoqda.
Bir-biridan chiroyli kashtalar, soʼzanalar, milliylik ramzi boʼlgan hunarmandchilik koʼrgazmalari bilan bezatilgan bezaklar bayramga alohida fayz bagʼishlamoqda.