Navroʼz bayrami yuksak saviyada nishonlanmoqda

Navroʼz — qadimiy va mushtarak bayram sifatida har yili keng nishonlanadi. Bu yil ham mamlakatimizda Navroʼz tantanalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Yangi hayot va tabiat uygʼonishi ramzi boʼlgan ushbu ayyomni Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi, talaba-yoshlari ham katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.
Аyni paytda universitetning asosiy binosida bayram tantanalari boʼlib oʼtmoqda. Bayram tadbiri oʼziga xos milliy anʼanalar, xalq oʼyinlari va folklor jamoalarining chiqishlari bilan boyitilmoqda.