TISUda akademik Nurislom Toʻxliyev talabalarga dars oʻtdi

TISUda akademik Nurislom Toʻxliyev talabalarga dars oʻtdi

  • 19.03.2025
  • 470
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtisodiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Nurislom Toʻxliyev talabalarga dars mashg’ulotlarini olib bordi.  


Ilm-fan fidoyisi talaba-yoshlarga bugungi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda iqtisodiy islohotlarning oʻrni” mavzusida ma’ruza qilarkan, strategiyada belgilangan asosiy g‘oyalar, ustuvor yo‘nalishlar hamda bugungi kun yoshlarining oldida turgan vazifalar haqida suhbat olib bordi. Bugun oʻz ustida ishlayman, ilm oʻrganaman deganga imkoniyat eshiklari katta ochiq ekanligini ta'kidlar ekan, yoshlarni yangi kashfiyotlar qilishga, respublikamizning taraqqiyotiga hissa qoʻshishga undadi. 


Darslar davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga munosib javob olishdi.