“Milliy liboslar koʻrgazmasi”

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Milliy liboslar koʻrgazmasi” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, Tibbiyot va Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetlari 3 ta shart boʻyicha: milliy liboslar namoyishi, milliy raqs va Navroʻz bayrami tarixi boʻyicha jamoalar bellashdi.
Jamoalarning chiqishlarini hakamlar hay'ati baholab borishdi. Natijalarga koʻra, Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti 1-oʻrinni, Tibbiyot fakulteti 2-oʻrinni, Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.